«Manchester Siti» o‘z tarkibini yaponiyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi
«Brayton»ga tegishli bo‘lgan yaponiyalik yarim himoyachi Kaoru Mitoma kuchliroq ingliz klubiga o‘tishi mumkin.
Insayder Ekrem Konur xabariga ko‘ra, yarim himoyachining xizmatlariga «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Mitoma haqida ijobiy gapirib, uni o‘zining sevimli osiyolik futbolchisi deb atagandi.
26 yoshli osiyolik futbolchi 2021 yil avgustidan beri «Brayton» safida to‘p tepadi. Kaoruning «dengiz otlari» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddati 2025 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblanadi. Futbolchining transfer narxi 32 million yevroni tashkil qiladi.
Mitoma o‘tgan mavsumda Premyer-ligada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/