Farioli kelajakda «Napoli»ni boşqarişi mumkinligini inkor etmadi
«Portu» boş murabbiyi Françesko Farioli kelajakda «Napoli»ni boşqariş ehtimolini istisno etmadi.
37 yoşli italiyalik mutaxassis Çempionlar ligasida Neapol klubiga qarşi öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida şu haqda fikr bildirdi.
Avvalroq «Napoli» prezidenti Aurelio de Laurentis Fariolini jamoaga taklif qilişga qiziqiş bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
«De Laurentis mening muxlisimmi? «Napoli»ning menga bölgan qiziqişi allaqaçon eskirib ketganmi? Agar şunday bölsa, qöşimça qiladigan gapim yöq. Kelajakda nima bölişini kim biladi? Köramiz», — dedi Farioli kulimsirab.
E’tiborlisi, Farioli murabbiylik faoliyatini Italiyadan taşqarida olib borgan va hozirgaça A Seriyada işlamagan.
Italiyalik mutaxassis ötgan mavsum «Portu»ni Portugaliya çempionligi sari yetaklagan.
Yangilik manbasi — https://stadion.uz/