Keyn faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn futbolchilik faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.
33 yoshli angliyalik futbolchi «Bavariya» bilan Germaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi. Myunxenliklar hal qiluvchi bahsda Dortmundning «Borussiya» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bu Keyn uchun faoliyatidagi ikkinchi Germaniya Superkubogi bo‘ldi. Shuningdek, u «Bavariya» safida ikki marta Bundesligada chempionlikni qo‘lga kiritgan va bir bor Germaniya kubogida zafar quchgan.
Shu tariqa, angliyalik hujumchining faoliyatidagi sovrinlari soni beshtaga yetdi. U barcha sovrinlarini «Bavariya» safida qo‘lga kiritgan. Bunga qadar Keyn boshqa klublar hamda Angliya terma jamoasi bilan biror marta chempionlik sovrig‘ini yutmagan.
Yangilik manbasi — https://stadion.uz/