«Yuventus» Kaluluni saqlab qolmoqchi, ammo «MYU»…

«Yuventus» Pyer Kalulu bilan shartnomani uzaytirishga intilmoqda.

«Corriere dello Sport» xabariga ko‘ra, turinliklar himoyachi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasiga ega shartnoma imzolashni istashmoqda. Hozirgi kelishuv 2029 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

Hozirda fransiyalik futbolchi yiliga taxminan 2,5 million yevro maosh oladi. U yiliga 4 million yevro va bonuslar ishlab topishni xohlaydi, «byankonerilar» esa uni 3,5 million yevro (bonuslar bilan birga) miqdoridagi maoshga ko‘ndirishni reja qilishgan.

Shu bilan birga, Kaluluni «Manchester Yunayted» ham kuzatmoqda. Mankunianliklar «Yuventus»ning «Milan»ga qarshi so‘nggi o‘yiniga skautlarini yuborishgan va ular o‘yin haqida ijobiy fikrda qolishgan. Garchi turinliklar himoyachi uchun kamida 40 million yevro so‘rasa-da, «MYU» uni sotib olishga urinib ko‘rishi mumkin.

Yangilik manbasi — https://stadion.uz/

Чип Стэплтон
Копирайтер