Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi: «Mbappe haddan tashqari xudbin, u men uchun yetakchi emas»

Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Frank Lebyof «Real» hujumchisi Kilian Mbappeni tanqid qildi.

«Yo‘q, Kilian Mbappe men uchun yetakchi emas, chunki u o‘z fikrlari va fikrlash tarzida haddan tashqari xudbin. Men uni shaxsan yaxshi tanimayman. U bilan faqat bir marta, terma jamoada bo‘lgan va «PSJ» bilan endigina shartnoma imzolagan kezlarida uchrashganman. Yana qaytaraman, u yaxshi va tarbiyali yigit, lekin uning fikrlashi va futbolga yondashuvi mening o‘yin haqidagi qarashlarimga mos kelmaydi», — deya Lebyofning so‘zlarini keltiradi Sportsboom.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe «Real»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Fransuz La Ligada 25 ta gol urib, musobaqa to‘purariga aylandi.

Yangilik manbasi — https://stadion.uz/

Чип Стэплтон
Копирайтер