«Barselona» himoyani kuchaytirishning yana bir variantini topdi

«Barselona» qishki transferlar vaqtida himoya markazini kuchaytirish variantlarini o‘rganishda davom etmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» «hamyonbop» narxga ega munosib yangi futbolchini topishga umid qilmoqda.

Diario SPORT nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, La Liga grandi qiziqishlari doirasiga Berlinning «Union» klubidan Diogu Leyte tushgan. Portugaliyalik futbolchi talablarga javob beradi va yanvar oyida sotib olinishi mumkin.

23 yanvar kuni Diogu Leyte 27 yoshga to‘ladi, uning «Union» bilan shartnomasi joriy mavsum yakunlangach tugaydi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 12 mln yevroga baholamoqda.

Leite ikki marta Portugaliya terma jamoasiga chaqirilgan, ammo milliy terma jamoada debyut qilmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter