Pedri: «Do‘stlarimdan biri doimo mening yomon o‘ynashimni aytadi»

«Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri do‘stlari unga qanday motivasiya berayotgani haqida gapirdi.

«Do‘stlarim menga bosim o‘tkazishmoqda. Ulardan biri doim hazillashadi: «Bu o‘yinda qanchalik yomon eding». Ular meni maydonda borimni berishga undaydi. Biz to‘rt kishimiz va barchamiz professional futbolchi bo‘lishni orzu qilardik.

Albatta, do‘stlarim bilan o‘ynashni sog‘indim. Qishlog‘imda o‘ynaganimda ham bosim yetarli edi – bolaligimdan g‘alaba qozonishni xohlardim,» – deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter