«Barselona» direktori: «Klub barcha qiyinchiliklarga qaramay chempionlik uchun kurashadi»

«Barselona» sport direktori Deku chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi.

«Biz chempionlik poygasida ishtirok etmoqdamiz. Bu yil ham o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi katta qiyinchiliklarga duch keldik: muhim futbolchilarda jarohatlar ko‘p bo‘ldi, o‘tgan mavsumda ham ular bizga yetishmagandi. Lekin shunga qaramay, «Real» bilan kurashyapmiz. Chempionat og‘ir kechadi,» — deya Dekuning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Funksioner, shuningdek, chempionlikka «Atletiko» va boshqa klublar ham da’vogar ekanini ta’kidladi.

Ayni paytda «Barselona» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 13 uchrashuvda 31 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda. «Real»da ham shuncha ochko bor, ammo ularning zaxira o‘yini ham bor.

Yangilik manbasi — https://stadion.uz/

Чип Стэплтон
Копирайтер