Yamal: «Men 2026 yilda hamma narsani yutmoqchiman»
«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoaviy va individual muvaffaqiyatdan birini tanlay olmadi. 18 yoshli futbolchi «Oltin to‘p» sohibiga aylanishi, shuningdek, «ko‘k-anorranglilar» bilan La Liga va Chempionlar Ligasida, Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib chiqishi mumkinligini aytdi.
«Men 2026 yilda barchasini birdaniga yutib olishni xohlayman va buning iloji borligini bilaman,» – dedi Kataloniya grandining yosh yulduzi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Lamin Yamal «Oltin to‘p» so‘rovnomasida «PSJ» vakili Usmon Dembeledan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Xans-Diter Flik jamoasi La Ligada zafar quchgan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida yarim finalgacha yetib bordi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
