«Tottenxem» futbolchilari uzr so‘radi
«Tottenxem» bosh murabbiyi Tomas Frank himoyachilar Mikki van de Ven va Jed Spensning Angliya chempionatining 10-turi doirasida «Chelsi»ga qarshi o‘yindan so‘ng muxlislarni olqishlamaganini va buning uchun uzr so‘rashganini ma’lum qildi.
O‘yindan so‘ng futbolchilar Frankning muxlislarga qarsak chalish haqidagi ko‘rsatmasini e’tiborsiz qoldirishdi, muxlislar esa jamoani hushtaklar bilan kuzatib qo‘yishdi.
«Kecha Mikki va Jed mening xonamga kirib kelishdi va yuzaga kelgan vaziyat uchun uzr so‘ramoqchi ekanliklarini aytishdi. Ular bu holatning yomon yoki hurmatsizlik sifatida ko‘rinishini istamaganliklarini bildirdilar. Ular shunchaki o‘yin davomidagi ko‘rsatilgan natija, mag‘lubiyat va muxlislarning hushtaklaridan xafa bo‘lishgan», – dedi Frank matbuot anjumanida.
«Tottenxem» (10 o‘yindan so‘ng 17 ochko to‘plagan) Angliya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/