JCH-2022 g‘olibi 37 yoshida yana futbolga qaytmoqda

Papu Gomes B Seriyada «Padova» safida o‘ynashi mumkin. Avvalroq, 37 yoshli futbolchi Italiya ikkinchi ligasi klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Bir vaqtlar «Atalanta» yulduzi va Argentina chempionati a’zosi doping iste’mol qilgani uchun diskvalifikasiya qilingan edi. Futbolchi 2023 yilning noyabridan buyon maydonga tushmagan.

2022 yilda Gomes Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Shuningdek, u terma jamoa bilan Amerika kubogini qo‘lga kiritgan va «Sevilya»da Yevropa ligasini yutgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter