«Brayton» xo‘jayini APL o‘yinlari faqat Angliyada o‘tkazilishini xohlaydi

«Brayton» egasi Angliyadan tashqarida o‘tkaziladigan Premyer-liga o‘yinlariga qarshi chiqdi.
Avvalroq «Barselona» va «Vilyarreal» ishtirokidagi La Liga o‘yinini Mayamida o‘tkazilishi xabar berilgan edi.

“Men Premyer-liga o‘yinlarining xorijda o‘tkazilishiga muxlislik qilmayman, menga 19 ta uy va 19 ta safar o‘yinlari tizimi yoqadi.

Premyer-liga har mavsum yaxshilanib, mashhur bo‘lib bormoqda. Boshqa ligalar ma’lum darajada orqada qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Biz ko‘proq muxlislarni jalb qilishimiz shart emas. Biz buni mavjud tizim doirasida qila olamiz”, dedi Brayton egasi Toni Blum.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter