Koman Fransiya terma jamoasiga chaqirilishda davom etayotganiga hayron emas
Yozda vinger Kingsli Koman «An-Nasr»ga ko‘chib o‘tdi. Biroq, futbolchi Fransiya terma jamoasi safiga chaqirilishda davom etmoqda. Komanning so‘zlariga ko‘ra, terma jamoa qaydnomasidan o‘rin olish uni ajablantirmaydi.
– Desham meni chaqirganiga hayron bo‘lmadim. Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganimdan keyin ham to‘xtatmadim. Saudiya Arabistonida meni unutib qo‘yishlaridan qo‘rqamanmi? Hammasi aksincha: iltimos, meni unuting. Menga e’tibor kamroq bo‘lgani yaxshi,» – deya Komanning so‘zlarini keltiradi L’Equipe.
Shu oyda Fransiya terma jamoasi Ozarbayjon (10 oktyabr) va Islandiyaga (13 oktyabr) qarshi o‘yinlar o‘tkazadi. Sentyabr oyida «uchranglilar» 2026 yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichi doirasida Ukraina (2:0) va Islandiyani (2:1) mag‘lub etishgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/