«Oltin to‘p» sohibasi «PSJ»ga o‘tishni rad etdi
Aleksiya Putelyas «PSJ»ga o‘tmaydi.
Avvalroq, Parij klubi ikki karra «Oltin to‘p» sohibasi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
ESPN xabariga ko‘ra, «Barselona» fransuzlarga transfer bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emasligini bildirgan, ammo «PSJ» 1 mln yevro tovon puli to‘lashga tayyor edi — bunday holatda kataloniyaliklar futbolchini qo‘yib yuborishga majbur bo‘lardi.
Biroq, Aleksiyaning o‘zi hozirgi jamoasida qolish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Uning shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi — https://stadion.uz/