Karrager Angliya tarixidagi eng kuchli hujumchi kim ekanligini aytdi
O‘tmishda mashhur bo‘lgan futbolchi Jeymi Karrager «Bavariya» hujumchisi Xarri Keynning o‘yiniga yuqori baho berdi.
Kecha bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi doirasidagi «Chelsi»ga qarshi bahsda angliyalik hujumchi dubl qayd etdi. Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi.
«U Premyer-ligada kuchlilar qatoriga kirmaydigan jamoa bilan ko‘p narsaga erishdi. Keyin u xorijga, «Bavariya»ga ketdi. U Angliya tarixidagi eng yaxshi hujumchi», — dedi Karrager CBS Sports efirida.
Yangilik manbasi — https://stadion.uz/