La Liga prezidenti «Real»ni tanqid qildi
Xavyer Tebas «Real Madrid» mashg‘ulotlarining kechikishiga La Liganing aloqadorligini rad etdi.
Klub bugun Chempionlar ligasining 1-turi doirasida “Marsel”ni qabul qiladi. Kechagi mashg‘ulot doping nazorati tufayli bir soat kechikib boshlandi.
Bu Madrid klubida norozilikka sabab bo‘lgani xabar qilingandi. Imtihon topshirishi kerak bo‘lganlarning barchasi birin-ketin topshirmaguncha, jamoa mashg‘ulotlarni boshlay olmadi.
«Liganing doping nazorati bo‘yicha vakolatlari yo‘q va hech qachon bo‘lmaydi. «Real» La Ligani hamma narsada aybdor qilib ko‘rsatishga harakat qilmoqda.
Biz hech qachon dopingga qarshi kurashda vakolatlarga ega bo‘lmaganmiz. Antidoping agentligi qachon chora ko‘rishini bilmaymiz. Biz hech kimni hech qayerga yubormadik. Bu yolg‘on ma’lumot.
Jurnalistlarga xabar «Real Madrid»dan yoki unga yaqin manbalardan kelgan bo‘lsa ham, nashr qilishdan oldin hammasini tekshirishni tavsiya qilaman. Biz ma’lumotni soxtalashtirish o‘ta xavfli bo‘lgan davrda yashayapmiz», – dedi La Liga prezidenti.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/