«Inter» «Yuventus» vingerini sotib olmaydi
Milanning «Inter» klubi «Yuventus» vingeri Nikolas Gonsalesni sotib olishni rejalashtirmayapti.
Argentinalik futbolchi «neradzurrilar» uchun «Atalanta» futbolchisi Ademola Lukman bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda hujumni kuchaytirishning muqobil varianti sifatida ko‘rilgandi. Jurnalistlar Fabrisio Byazina va Daniele Marining ma’lum qilishicha, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. «Inter» mish-mishlarga qaramay, «keksa sinyora»ning 27 yoshli futbolchisi nomzodini ko‘rib chiqmayapti.
«Yuventus» yozda Nikolas Gonsales bilan xayrlashmoqchi – futbolchi jamoa bosh murabbiyi Igor Tudorning rejalariga mos kelmayapti. Transfermarkt portali vingerning narxini 24 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/