Aksel Vitsel: «Modrich bunga yo‘l qo‘ysa, De Bryuyne A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachisiga aylanadi»
Xavbek Aksel Vitsel yozda Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tgan o‘z pozisiyadoshlari haqida gapirdi.
«Atletiko»ning sobiq futbolchisi Kevin de Bryuyne va Luka Modrich Italiya chempionatining eng yaxshi yarim himoyachisi unvoni uchun kurashadi, deb hisoblamoqda.
«Kevin Konte va «Napoli»ga moslashishiga to‘g‘ri keladi, chunki ular «Manchester Siti» kabi o‘ynamaydi. Ammo de Bryuyne – haqiqiy chempion. Modrich bunga yo‘l qo‘ysa, Kevin A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachisiga aylanadi. Luka futbol bilan yashaydi, u Allegrining «Milan»ini o‘z ortidan tortib yuradi», – dedi Vitsel La Gazzetta dello Sport nashriga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/