La Liga klubi «Real» posboniga qiziqish bildirmoqda
Keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadigan Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi Ukraina terma jamoasi va Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Real Madrid» darvozaboni «suv osti kemasi» tomonidan asosiy darvozabon sifatida ko‘rilayotganiga qaramay, futbolchining o‘zi Madridni tark etishni istamayapti. Shuningdek, “Vilyarreal” darvozabonning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emasligi takidlangan.
O‘tgan mavsumda Lunin barcha turnirlarda 14 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol o‘tkazib yuborgan. Bundan tashqari, ukrainalik posbon olti marta “nolga” o‘ynadi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 18 million yevroni tashkil qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/