«Atletiko» angliyalik yarim himoyachisi bo‘yicha qaror qabul qildi
Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxerni transfer bozoriga chiqarmaydi.
«Matraschilar» 25 yoshli inglizni qimmatbaho aktiv va tarkibning muhim qismi sifatida ko‘rmoqda. Keyingi mavsum uning uchun kashfiyot yili bo‘lishiga ishonishmoqda.
Futbolchi Madridda baxtli, kiyinish xonasida hammaga yoqadi va klubdagi vaqtidan zavqlanmoqda.
Faqat juda jozibali taklif klubni o‘z pozisiyasini o‘zgartirishga majbur qilishi mumkin.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/