Jotaning dafn marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Portugaliya terma jamoasi va «Liverpul» hujumchisi Diogu Jotaning dafn marosimi 4 iyul, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi bilan vidolashuv marosimi Portugaliya shimolidagi uning tug‘ilgan shahri Portudan yarim soatlik masofada joylashgan San-Kojma shahrida bo‘lib o‘tadi.

Jota, shuningdek, Portugaliyaning ikkinchi ligasi vakili «Penafiel» safida to‘p tepgan ukasi Andre Silva Ispaniyada sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter