«Real» Jotaning o‘limiga munosabat bildirdi

«Real» o‘zining rasmiy saytida «Liverpul» forvardi Diogu Jotaning o‘limi haqidagi qayg‘uli xabardan so‘ng bayonot berdi.

Portugaliyalik yo‘l-transport hodisasida ukasi Andre bilan birga halok bo‘lgan.

«Real», uning prezidenti va direktorlar kengashi «Liverpul» futbolchisi Diogu Jota va uning «Penafiel»da o‘ynagan ukasi Andre Silva vafot etgani haqidagi xabardan chuqur qayg‘uda. «Real» ularning oila a’zolari, yaqinlari va klubdagi jamoadoshlariga hamdardlik bildiradi va qo‘llab-quvvatlaydi. «Real» futbol olami boshidan kechirayotgan chuqur qayg‘uni baham ko‘radi», – deyiladi «qaymoqranglilar» bayonotida.

Diogu Jota 28 yoshda, uning ukasi Andre Silva esa 25 yoshda edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter