«Inter» Xoylunddan voz kechishi mumkin
Milanning «Inter» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Rasmus Xoylundni sotib olishga ishonchi komil emas.
«Neradzurrilar» daniyaliklar uchun asosiy davogarlardan biri sanaladi, ammo “qizil iblislar”ning talablarini qondira olmaydi.
Jurnalist Paskal Guarroning yozishicha, «Manchester Yunayted» forvardning to‘g‘ridan-to‘g‘ri transferini talab qilmoqda, «Inter» esa sotib olish sharti bilan ijaraga olishni afzal ko‘rmoqda.
Rasmus Xoylundga «Napoli» ham qiziqqan edi. Transfermarkt.com ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining narxi 35 million yevro.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/