Montolivo: «Ikki sovrin bilan mavsumni yomon deb bo‘lmaydi»
Mavsum nihoyasiga yetmoqda, hisob-kitob qilish vaqti keldi va “Milan”ning sobiq futbolchisi Rikkardo Montolivoning ishonch bildirishicha, Italiya kubogi finalida g‘alaba qozonish klub rahbariyati va muxlislarga mavsumni yaxshi deb hisoblash imkonini beradi.
Bundan tashqari «Milan» yanvar oyida Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan edi.
«Ikkita sovrin bilan mavsumni yomon deb bo‘lmaydi, lekin shunga qaramay tan olishimiz kerakki, bunday jamoa ko‘proq narsaga qodir edi. Ular o‘z imkoniyatlarini to‘liq ochib berishmadi. Mening vaqtimda bizda bunday imkoniyatlar bo‘lmagan», – deya Rikkardo Montolivoning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Italiya kubogi finali 14 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/