«Inter» «Barselona» bilan o‘yinda chiptalar sotuvidan o‘z tarixidagi eng ko‘p pul ishlab oldi

Milanning “Inter” klubi Chempionlar Ligasi 1/2 finalida “Barselona”ga qarshi javob uchrashuvida (4:3, qo‘shimcha vaqtda) €14,7 million daromad topib, Italiya futbol tarixidagi eng yuqori bilet tushumi rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Corriere dello Sport xabar berdi.

Uchrashuv Milandagi “San-Siro” (Juzeppe Meassa) stadionida bo‘lib o‘tdi va 75 504 nafar muxlis tomosha qildi.

Ilgari rekord ham “Inter”ga tegishli edi — 2022/23 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi yarim finalida “Milan”ga qarshi derbidan €12,5 million foyda olingan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter