Alexandro Balde «Real»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?
Xabaringiz bor, «Barselona» yakshanba kuni Ispaniya chempionati 35-turida «Real Madrid»ni qabul qiladi.
Ushbu o‘yin oldidan «ko‘k-anorranglilar» himoyachisi Alexandro Balde bugun jamoa mashg‘ulotlariga qaytdi. U hali to‘liq kuchda shug‘ullangani yo‘q.
Xavi Migel xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi klasiko uchun qaydnomaga kiritiladi, lekin katta ehtimol bilan Jerar Martin asosiy tarkibda maydonga tushadi. Balde zaxirada qoladi va ikkinchi taymda kerak bo‘lsa, 20-25 daqiqa o‘ynashi mumkin.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/