«Milan» yarim himoyachisi bir oyga safdan chiqdi

«Milan»ning markaziy yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik o‘tkir appendisit tufayli bir oyga safdan chiqdi.

ESPN xabariga ko‘ra, A Seriyaning 30-turidan o‘rin olgan “Napoli”ga qarshi o‘yin arafasida Loftus-CHik o‘tkir appendisit xurujiga uchradi. 29 yoshli angliyalik shoshilinch jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi kerak edi.

Rubenning taxminiy tiklanish muddati bir oy deb aytilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter