Myuller faoliyatini yakunlaganidan keyin nima ish qiladi?

«Bavariya» hujumkor yarim himoyachisi Tomas Myullerga televideniye mutaxassisi sifatida ishlashni taklif qilishdi.

Avval xabar qilinganidek, 35 yoshli nemis futbolchi katta ehtimol bilan yozda “Bavariya”ni erkin agent sifatida tark etadi. Unga MLSdan ham takliflar bor. Kelajak haqidagi yakuniy qaror futbolchida qoladi.

Tomonlar futbolchining mavsum yakunida “Bavariya”ni tark etishini hali tasdiqlaganicha yo‘q.

35 yoshli germaniyalikning shartnomasi shu yilning 30 iyunida yakuniga yetadi. Joriy mavsumda u 35 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter