Mbappe yaqqol peshqadam – La Ligada eng ko‘p pul oladigan futbolchilar ro‘yxati (top-6)

La Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilarining daromadlari ma’lum qilindi.

L’Equipe nashri Ispaniya chempionatida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingini e’lon qildi. Birinchi o‘rinni «Real» hujumchisi Kilian Mbappe egalladi – u oyiga 2,67 mln yevro maosh oladi.

La Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari Top-6 quyidagicha ko‘rinishga ega (summalar soliqlar to‘lashdan oldin ko‘rsatilgan):

1. Kilian Mbappe («Real») – 2,67 mln yevro;

2. Vinisius Junior («Real») – 2,5 mln yevro;

3. Robert Levandovski («Barselona») – 2,17 mln yevro;

4. David Alaba («Real») – 1,88 mln yevro;

5-6. Djud Bellingem («Real») – 1,67 mln yevro;

5-6. Yan Oblak («Atletiko») – 1,67 mln yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter