Alaba maydonga qaytganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
Madridning «Real» klubi himoyachisi David Alaba bir yildan ortiq vaqt ichida ilk bor maydonga tushdi.
Avstriyalik futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan La Liganing «Las-Palmas«ga (4:1) qarshi o‘yinining 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Bu 32 yoshli futbolchining 2023 yilning dekabr oyidan buyon ilk o‘yini bo‘ldi.
«Bu tuyg‘uni qanchalik sog‘inganimni ayta olmayman. Maydonda, ayniqsa, stadionimizda bo‘lishni, jamoadoshlarimga yordam berishni, muxlislar bilan bayram qilishni sog‘indim. Bir yil o‘tgach, men yana bir bor dunyodagi eng yaxshi ko‘rgan ishimni qila olaman. Bu uzoq yo‘l edi, lekin har bir mashaqqatli mehnatga arziydi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat», – deb yozdi Alaba o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/