Menyan o‘yin vaqtida irqchilikdan shikoyat qildi

Mayk Menyan irqiy zo‘ravonlikdan shikoyat qildi.

«Milan» darvozaboni A Seriyaning 17-turida «Verona» bilan o‘yindan (1:0) so‘ng bosh hakam Livio Marinelli oldiga kelib, tribunadan eshitilgan kamsituvchi hayqiriqlardan noroziligini bildirdi, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.

Qayd etilishicha, diktor muxlislardan irqchi gaplardan saqlanishni so‘ragan va stadion bu e’lonni hushtak bilan qarshi olgan. Tez orada jamoalar kiyim almashtirish xonalariga yo‘l olishdi.

Ta’kidlanishicha, hech qanday qo‘shiqlar eshitilmagan, biroq yakka hayqiriqlar bo‘lgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter