«Manchester Siti» yulduzi qamalishi mumkin
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Shveysariyada panjara ortiga tushishi mumkin.
Goal nashrining Blick nashriga tayanib xabar berishicha, yulduz futbolchi keyingi safar mamlakatga kelganida bir kunlik qamoqqa olinishi mumkin.
Gap shundaki, Shveysariyada Xolandning 60 frank (taxminan 65 yevro) miqdorida to‘lanmagan jarimasi mavjud.
Erlingning otasi Alf-Inge Xoland Shveysariyada yashaydi. Keyingi safar «Manchester Siti» forvardi otasini ko‘rgani borganida, qisqa muddatli bo‘lsa-da, cheklovlarga duch kelmaslik uchun vaziyatni tartibga solishi kerak bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/