Myunxenning «Bavariya» klubi chap qanot vingeri Brayan Saragosa Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda El Chiringuito.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchini Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Ko‘k-anorranglilar» vinger vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazishdi. Saragosaning o‘zi Kataloniya superklubiga o‘tishga tayyor.

Brayanning nemis grandi bilan 2029 yil yozigacha shartnomasi bor. O‘tgan mavsumda Saragosa «Osasuna»da ijara asosida o‘ynagan. U Ispaniya chempionatida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/