«Monako» Mark-Andre ter Shtegenga qiziqish bildirmoqda.

Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, monegasklar yangi darvozabon izlashmoqda va transfer imkoniyatini aniqlash uchun «Barselona» futbolchisining vakillari bilan bog‘lanishgan.

«Monako» shuningdek «Torino»dan Vanya Milinkovich-Savich hamda «Trabzonspor»dan Ugunjan Chakir bilan ham qiziqmoqda, biroq nemis futbolchisi varianti ustuvor hisoblanmoqda.

Ter Shtegenning o‘zi hozircha «blaugrana»da qolish niyatida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/