«Chelsi» Kepa Arrisabalagani Saudiya Arabistoniga qo‘yib yubormadi.

London klubi «Al-Ittihod»ning darvozabonni transfer qilish bo‘yicha birinchi taklifini rad etdi, deb xabar beradi The Athletic.

«Ko‘klar» 29 yoshli ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun saudiyaliklar va boshqa da’vogarlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

2023/24 yilgi mavsumda Kepa «Real»da ijara asosida o‘ynadi va 20 uchrashuvda 18 ta gol o‘tkazib yubordi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/