Myunxenning «Bavariya» klubi ustozi Vensan Kompani o‘rtoqlik uchrashuvida Londonning «Tottenxem» klubiga qarshi kechgan yirik g‘alabadan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Germaniya chempioni ingliz jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Biz xotirjamlikni saqlashimiz kerak, chunki oldinda hali ko‘p ish bor. Ammo jamoa yaxshilanayotganini sezish mumkin. Hatto yigitlarning bunchalik erta yuqori tayyorgarlik darajasiga chiqqanidan biroz hayronman,» – deydi belgiyalik mutaxassis.

Kompaniya shogirdlari navbatdagi mavsumoldi bahsini Shveysariyaning «Grassxopper» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 12 avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/