Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transfer oynasida «Arsenal» vingeri Gabriel Martinelli bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘rgan. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, nemis grandi londonliklarga 30-35 million yevro taklif qilgan. «Arsenal»ga bu taklif umuman yoqmagan va u rad etilgan.

«Bavariya» chap qanot vingeri pozisiyasiga oxir-oqibat «Liverpul»dan Luis Diasni sotib oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/