«Barselona» o‘z hujumchisi Vitor Rokeni Saudiyaning «Al-Hilol» klubiga qancha mablag‘ evaziga sotishga tayyor bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, «Al-Hilol» 19 yoshli futbolchini sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqchi. Biroq «ko‘k-anorranglilar» braziliyalikni 40 million yevro evaziga to‘liq transfer qilishni talab qilmoqda.

O‘tgan mavsumda Roke «Barselona» safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan. Transfermarkt portali Braziliya yoshlar terma jamoasi futbolchisini 30 million yevroga baholamoqda. Futbolchi shu yilning yanvar oyidan buyon ispan klubi sharafini himoya qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/