Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Zagreb shahrida (Xorvatiya) tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugun bahs olib borgan yurtdoshlarimizdan Umidjon Jalolov (-65 kg) bronza medaliga ega chiqdi. Hamyurtimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda neytral maqomda kurashgan rossiyalik Ibragim Ibragimovdan ustun keldi.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/