Hujumchi Joau Feliks yozgi transfer oynasidan keyin Madridning «Atletiko» jamoasida qolishi dargumon.

Shu bilan birga, portugaliyalik futbolchi faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha aniq emas. «Aston Villa»ni Chempionlar Ligasi mavsumiga tayyorlayotgan Unai Emeri Feliksni o‘z jamoasida ko‘rishni juda xohlaydi. Birmingemliklar Joauni ustuvor nomzod sifatida ko‘rishadi.

TodoFichajes nashrining xabariga ko‘ra, Feliks o‘tgan mavsumda ijara asosida o‘ynagan «Barselona»ga qaytishni afzal ko‘rmoqda. Agent Jorje Mendesh Joauning Kataloniya klubiga o‘tishi ustida faol ishlamoqda, ammo vaziyat oson emas, chunki «ko‘k-anorranglilar»lar boshqa futbolchilarni afzal ko‘rishmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/