Qo‘shma Shtatlardagi bir guruh parlament a’zolari hukumatga «Jahon antidoping agentligiga (WADA) ishonchni tiklash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqilgani bo‘yicha bayonotni taqdim etdi. Bundan maqsad tashkilotni moliyalashtirishni qisqartirishdan iborat.

2023 yilda Qo‘shma Shtatlar WADA byudjetiga taxminan 3,4 million dollar ajratdi (uning umumiy hajmi deyarli 50 million dollar).

2024 yilda ham xuddi shunday miqdorda hissa qo‘shish rejalashtirilgan edi.

Respublikachi senator Marsha Blekbernning fikricha, XOQ va WADA AQSHga FQBning xitoylik suzuvchilarga nisbatan tergovini tugatish uchun “bosim” qilishga uringan, bu esa Solt-Leyk-Siti shahrining 2034 yilgi qishki o‘yinlarni o‘tkazish taklifiga tahdid solgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/