Nikolya Pepe Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda Ispaniya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolchi darhol tarkibga qo‘shiladi va ertaga, dushanba kuni u jamoaning qolgan a’zolari bilan mashg‘ulot o‘tkazadi.

Nikolya Pepe «Vilyarreal»ga Turkiyaning «Trabzonspor» klubidan erkin agent sifatida keldi.

Pepe faoliyatida davomida «Arsenal», «Nissa» kabi jamoalarda o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/