Italiyalik nufuzli jurnalist Nikolo Skira «Milan» nega Mayk Menyan bilan shartnomani uzaytirolmayotgani haqida o‘z ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Menyan klub rahbariyatidagi ba’zi shaxslarni yoqtirmaydi.
«Allegri uchun Menyan – eng muhim futbolchi, asosiy tarkibning ajralmas futbolchisi. Muammo shundaki, besh million yetmasligi mumkin. Menyan olti-etti million olmoqchi. Bundan tashqari, u Furlani va Monkada bilan muzokaralar olib borishni mutlaqo istamaydi,» – deya Skiraning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Menyan «Milan» safida 2021 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/