«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Jonni Evans bosh murabbiy Erik ten Xagning sovrinlarni yutish qobiliyatini yuqori baholadi.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik mutaxassis ikki mavsumda «mankunianliklar» bilan ikkita sovrin – 2023 yilda Liga kubogi va 2024 yilda Angliya Kubogini qo‘lga kiritgandi.

«Ten Xag allaqachon sovrinlarni yutib olishga qodirligini isbotlagan. U kubok bahslarida ajoyib statistikaga ega. Erik ko‘pincha g‘olib bo‘lish haqida gapiradi. Bu klubga kerak», – dedi Evans «Manchester Yunayted» rasmiy saytiga.

Ten Xag qo‘l ostida «mankunianliklar» 2023 yilda ham Angliya kubogi finalida o‘ynagan, ammo o‘sha uchrashuvda «Manchester Siti» kuchliroq bo‘lib chiqqandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/