«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xagning Markus Reshfordni emas, balki Alexandro Garnachoni maydondan olgani uchun muxlislar hayratda qoldi.

Ko‘p qoralangan ingliz futbolchisi «Liverpul»ga (0:3) qarshi butun o‘yinni o‘tkazdi, argentinalik vinger esa 69-daqiqada Amad Dialloga almashtirildi.

“Qizil iblislar” muxlislari niderlandiyalik murabbiyni buning uchun hushtakbozlikka giriftor  qilishdi.

“Markus Zirkzee uchun ikkita ajoyib imkoniyat yaratdi – buni tan olish kerak. Ikkinchidan, bu Garnacho va Joshua uchun ilk start edi, Reshford esa markaziy hujumchi sifatida o‘ynashga qodir», – deya Ten Xagning javobidan iqtibos keltiradi jurnalist Aleks Kruk.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/