Angliyalik hujumchi Markus Reshford «Barselona»da qolishni istamoqda.

Jurnalist Gabriel Sans xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan muzokaralarga kirishdi.

Kelishuv quyidagi shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin:

— 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma

— Maoshda sezilarli o‘zgarish yo‘q

— Barqarorlik va uzoq muddatda yuqori daromad kafolati.

«Ko‘k-anorranglilar» mavsum yakunida Reshfordni «Manchester Yunayted»dan 30 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega.

Bu mavsumda Reshford jami 13 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 7 ta assist berishga ulgurdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/