Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradonaning o‘limi munosabati bilan ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirishda ayblangan sakkiz nafar tibbiyot xodimi ustidan sud jarayoni 2024 yilning oktabridan 2025 yilning 11 martiga ko‘chirildi.

Manbaga ko‘ra, sud sakkiz nafar ayblanuvchidan uch nafarining dastlab 4 iyunga belgilangan va 1 oktabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan sud jarayonini ikkinchi marta kechiktirish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi. Ayblanuvchilarni 8 yildan 25 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

Argentinalik afsonaviy hujumchi 2020 yilning kuzida olamdan o‘tgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/