«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti klub hujumchisi Kenan Yildiz bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi haqida gapirdi.
«Men hammasini ko‘ryapman va eshityapman, lekin bu bilan klub shug‘ullanishi kerak. Biz uchun Kenan – o‘yinni o‘zgartira oladigan futbolchi. U yetakchi xulq-atvorga ega,» – dedi Spalletti.
Joriy mavsumda Yildiz «Yuventus» safida barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kenanning Turin klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 75 mln yevroni tashkil etadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/