«Manchester Siti» o‘zining himoyachi yarim himoyachisi Rodri Ernandesni uzoq muddatga saqlab qolmoqchi.

Jurnalist Sem Lining xabariga ko‘ra, «shaharliklar» ispaniyalik yarim himoyachi bilan tezroq yangi uzoq muddatli shartnoma tuzmoqchi. Manbaning xabar berishicha, Rodrining xizmatlariga «Real Madrid» ham qiziqmoqda, ammo «Qirollik klubi» yarim himoyachiga futbolchi «Manchester Siti»da oladigan maoshni berishga tayyor emas.

Rodri hozirda oktyabr oyida topshiriladigan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun favoritlardan biri hisoblanadi. Yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasiga yozda Yevropa chempionatida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/