Hujumchi Paulo Dibalaning «Roma» bilan shartnomasi 2026 yilgacha uzaytirildi. Bu haqda Rim jamoasining sport direktori Floran Gisolfi aytib o‘tdi.

«Shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qilishim mumkin. Ushbu harakatdan mamnunmiz. Dibala – jamoamiz uchun muhim figura», – dedi klub rasmiysi.

Argentinalik hujumchi Rim klubi safiga 2022 yilning yozida «Yuventus»dan erkin agent maqomida kelib qo‘shilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/